Hindiston özining birinçi uzoq masofali gipertovuşli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Raketa Odisha sohilidagi oroldan uçirildi, bu haqda Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx xabar berdi.

«Bu tarixiy lahza va bu muhim yutuq mamlakatimizni şunday muhim va ilğor harbiy texnologiyalarga ega bölgan tanlangan davlatlar qatoriga kiritdi», deb yozdi Singx ijtimoiy tarmoqda.

Raketa Hindistonning Mudofaa tadqiqotlari va işlanmalari taşkiloti (DRDO) tomonidan işlab çiqilgan va har xil turdagi jangovar kallaklarni 1500 km masofaga yetkazişga qodir.

Gipertovuşli raketa tovuş tezligidan kamida beş baravar tez uça oladigan raketadir. Gipertovuşli raketa atmosferaning ziç qatlamlarida şunday tezlikda manyovr qiliş va bu tezlikni butun parvoz davomida uşlab turiş qobiliyati bilan ham ajralib turadi.

AQŞ va Xitoy ham gipertovuşli qurollarni işlab çiqariş bilan şuğullanadi.