Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda avtohalokat oqibatida 22 nafar odam tiriklayin yonib ketdi
Foto: rushlane.com
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida dahshatli yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Yo‘lovchilar avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yong‘in chiqqan. Oqibatda 22 nafar odam tiriklayin yonib ketgan, 19 nafari jarohatlangan, deb xabar berdi NDTV xususiy hind telekompaniyasi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusda 38 nafar yo‘lovchi, 2 nafar haydovchi va bitta chiptachi bo‘lgan. Ko‘pchilik yo‘lovchilar to‘qnashuv vaqtida uyquda bo‘lganlar. O‘t o‘chiruvchilarga yong‘inni o‘chirish uchun bir necha soat kerak bo‘lgan.
Barcha jarohat olganlar kasalxonalarga joylashtirilganlar, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.
Shifokorlarning ma'lum qilishicha, jasadlar juda kuchli yonib ketgani sababli ularni tanish murakkab bo‘lmoqda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi jarohatlanganlar haqqiga duo qilishi va vafot etganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirishini aytgan.

Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
18:14 / 21.12.2025