Samsung xodimi deyarli 8,5 mingta smartfonni o‘g‘irlagandan keyingina qo‘lga tushdi
Janubiy Koreya politsiyachilari Samsung kompaniyasining Suvon shahridagi bosh qarorgohidan bir necha yil davomida smartfonlar o‘g‘irlagan kompaniya xodimini hibsga olishdi. Bu haqda The Investor xabar bermoqda.
Kompaniya Samsung’ning hali sotuvga chiqarilmagan qurilmalari Vetnamda tutilgan telefonlar sotish bilan shug‘ullanuvchilarda aniqlangandan keyin xavotirga tushib qolgan. Ichki tergov natijasida smartfonlar kompaniyaning bosh qarorgohidan o‘g‘irlangani aniqlangan. Kompaniya xavfsizlik xizmati uzoq davom etmagan qidiruvdan keyin o‘g‘rini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Tergovning o‘rnatishicha, qo‘li egri xodim o‘g‘riliklarni 2014 yil dekabrdan 2016 yil noyabrgacha sodir etgan. U tomondan hammasi bo‘lib 8474 ta smartfon o‘g‘irlangan. Jinoyatchi barcha telefonlar uchun 800 mln von pul olgan. U bu pullarni qimorda yutqazgan 900 mln vonlik qarzini to‘lashga sarflagan.
Erkak o‘z qabih niyatini amalga oshirish uchun bosh qarorgoh xavfsizligidagi zaif joydan foydalangan: u nogiron bo‘lib, aravachada harakatlangan va binoni qolgan xodimlar o‘tishi kerak bo‘lgan detektordan o‘tmagan holda tark eta olgan.
Mavzuga oid
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
21:57 / 26.09.2024