Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Terma jamoada navbatdagi yo‘qotish. Marat Bikmayev jarohati sabab Eronga qarshi o‘ynamaydi
O‘zbekiston terma jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Marat Bikmayev jarohati tufayli Eronga qarshi JCh–2018 saralash o‘yinida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatdi.
“Lokomotiv” a'zosi kecha, 6 iyun kuni Tailandga qarshi (2:0) o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olib, 52-daqiqa maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.
Dastlabki tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, Marat Bikmayev Eronga qarshi JCh–2018 saralash o‘yiniga qadar tiklana olmasligi ma'lum bo‘ldi. Shu jumladan, Davron Xoshimov klubda orttirib olgan jarohatidan butunlay forig‘ bo‘lmadi va u ham Tehron safarini o‘tkazib yuboradi.
Avvalroq jarohatlari tufayli Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv” Toshkent) va Aleksandr Merzlyakov (“Qo‘qon-1912”) olingan jarohatlari sabab terma jamoaning Tailand va Eronga qarshi bellashuvlarini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun, dushanba kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
12:36 / 19.08.2020
O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi
12:19 / 24.06.2020
O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
16:56 / 11.06.2020
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston o‘rnida qoldi
19:58 / 23.02.2020