Har yili 8 iyul kuni nişonlanadigan Jahon okeanlar kuni jamoatçilik e'tiborini okeanlar muammosiga qaratiş maqsadida ta'sis etilgan. Ular insonning xöjalik faoliyatidan jiddiy zarar körmoqda. Futurolog olimlar insoniyatning katta qismi okeanlarga köçib ötişini ististo etmayapti, sababi ular Yer yuzasining 71 foizini qamrab olgan. Bu ğoya inson uçun suv ostida uy yaratiş ustida işlayotgan muhandislarga ham tinçlik bermay kelmoqda.

"Diogen" suv osti uyi

Suv osti uylarining katta qismi 60-70-yillarda Jak Iv Kusto faoliyati sabab paydo bölgan, aynan u dunyodagi ilk suv osti uyi - "Diogen"ni yaratgan (u katta boçkaga öxşaş bölgan). Bu uy Marsel bandargohida 1962 yilning sentabrida 10 metrlik çuqurlikda örnatilgan. Keyinçalik (1965 y.) Kusto Örta Yer dengizida 100 metrlik çuqurlikka "Prekontinent-3" laboratoriyasini joylaştirdi.

Okeanlarda yaşaş ğoyasiga katta qiziqiş bildirgan AQŞ, Angliya, GFR, Bolgariya, Çexoslovakiya, Polşa va sobiq Ittifoqda ham suv osti uylari hamda laboratoriyalarni qura boşlaşgan.

Leningrad gidrometeorologiya institutining suv osti tadqiqotlar
laboratoriyasi xodimlari "Sadko-2" qurilmasini suv ostiga tuşirişmoqda

Sobiq Ittifoqda şunday uylardan uçtasi qurilgan: "Ixtiandr" – 1966 yilda Donetsk şahrilik akvalangçilar qurişgan; "Sadko" – Leningrad gidrometeorologiya institutining suv osti uyi; hamda "Çernomor" – loyiha P.P.Şirşov nomidagi okeanşunoslik instituti tomonidan amalga oşirilgan.
Bu uylarda ötkazilgan tadqiqotlarda ma'lum bölişiça, okeanda hayot keçiriş mumkin. Biroq u öziga xos bölib, qator muhim muammolarni hal etişni talab qiladi.

Birinçidan, sun'iy atmosferani yaratiş talab qilinadi. Suv osti uylarida odatda ikki yoki uç gaz aralaşmasidan bölgan atmosfera qöllangan. Variantlardan biri – azotni geliy bilan almaştiriş (bu kesson kasalligi va azotdan mast bölib qolmaslik maqsadida qilinadi, sababi atmosfera bosimining ortganida şunday holat yuz beradi) hamda 2 foiz kislorod qöşiş, boşqa variant - aralaştiriş:  4 foiz kislorodni, 16 foiz azotni va 80 foiz geliyni. Murakkablik şundaki, bu tarkibni aniqlikda uşlab turiş bir qadar qiyin.