O‘zbekiston | 11:30 / 08.06.2017
24276
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 8 iyun kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Avval xabar qilinganidek, sammitda ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda. 

ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish doirasida Ostona shahrida Hindiston va Pokistonni tashkilot a'zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetkaziladi. 

Prezidentimiz Ostona shahrida EXPO – 2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi, qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Mavzuga oid