Toshkent shahrida “Qoradori – 2017” tadbiri o‘tkazilmoqda
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tadbirlar natijasida
yil boshidan buyon 514ta, 1-7 iyun kunlari oralig‘ida 34ta holat aniqlandi.
Shahar IIBBda tashkil etilgan brifingda ma'lum qilinishicha, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida yil boshidan giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari yil boshidan 88tani, hafta mobaynida 2tani tashkil etgan.
Shuningdek, hafta davomida 1 kg 031 gramm, yil boshidan esa 25 kg 720 gramm giyohvandlik vositalari olingan. Xususan, 2017 yilning 2 iyun kuni shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori – 2017” tadbiri davomida Sergeli tumani hududida muqaddam bezorilik jinoyati bilan sudlangan R.M. yonida og‘irligi 27,65 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
2017 yilning 4 iyun kuni ayni shu “Qoradori – 2017” tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida F.T. o‘z uyi hovlisida, qonunga xilof ravishda, tarkibida giyohvandlik vositasi mavjud bo‘lgan 15 tup “nasha” o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Mirzayev va To‘laganovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

14:12 / 14.06.2025