Islandiya musulmonlari 22 soat davomida ro‘za tutishadi

Foto:aa.com.tr
Islandiyada yashovchi musulmonlar 22 soat davomida ro‘za tutishga majburlar. "Anadolu" agentligi shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
1500 nafar musulmon istiqomat qiluvchi mamlakatda iftor (og‘iz ochish) deyarli yarim tunga to‘g‘ri keladi, imsak (og‘iz yopish) esa - tungi soat 2 atrofida.
Reykyavik masjidlarida butun Ramazon davomida tunda iftorlik o‘tkaziladi. Masjid vazifasini ham o‘tovchi Islandiya islom fondi binosida yarim tunga yaqin yuzlab musulmonlar to‘planishadi. Soat 23:48da azon aytiladi, shundan so‘ng musulmonlar suv ichib, vaqtni o‘tkazib yubormaslik uchun darhol namoz o‘qishga kirishishadi. Namozdan keyin birgalikda iftorlik qilinadi. Unda mamlakatga tashrif buyurgan migrantlar ham qatnashishadi.
"Ro‘za vaqti qancha davom etishiga qaramay, musulmonlar unga amal qilishga qiynalishmaydi, zero ular birga yig‘ilishadi. Bu yerda biz bir oiladekmiz. Ertalab musulmonlar shu yerga kelishadi, taomlar tayyorlashadi, Qur'on tilovat qilishadi, namoz o‘qishadi. Ular iftor vaqti haqida o‘ylashmaydi hatto. Faqat dastlabki uch kun qiyinroq kechadi, keyin esa o‘rganib ketasiz", - deydi asli marokashlik imom Abulaziz Uvloniy.
Islandiyada to‘rt yildan buyon yashab kelayotgan pokistonlik Imron Husayn esa mamlakatdagi musulmonlar ro‘za vaqti necha soat cho‘zilishiga qaramay, unga amal qilishni yaxshi ko‘rishlarini aytdi.
Islandiya musulmonlar eng kam bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. U yerda jami 1500 ga yaqin musulmon aholi yashaydi. Bu aholi umumiy soni (330 ming kishi)ning 0,5 foizini tashkil qiladi. Mamlakatdagi musulmonlarning aksariyati migrantlardir.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Jahon | 11:19
-
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Jahon | 11:17
-
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
O‘zbekiston | 11:05
-
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
Jahon | 11:04
Mavzuga oid

00:13 / 02.04.2025
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda

17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025