2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e'lon qilinişi davlatimiz siyosatining boş maqsadi insonparvarlik ekanligining yorqin ifodasi böldi. Qolaversa, bu xayrli taşabbus adliya organlari zimmasiga ham jiddiy mas'uliyat yuklaydi.
Şu ma'noda aytganda, Toşkent şahar adliya boşqarmasi ham xalq bilan yanada yaqinroq muloqot qiliş, insonlarning huquq va erkinliklarini ta'minlaş, ayniqsa, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini tölaqonli hal qiliş masalalariga bugungi kun talabi asosida yangiça yondoşmoqda.
Xususan, 2017 yilning şu kuniga qadar adliya boşqarmasiga jismoniy va yuridik şaxslardan 370 ta ariza va şikoyatlar, Hukumat portali va Prezidentning Virtual qabulxonasi orqali 270 ta, “Işonç telefoni”ga esa 20 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 280 tasi öz vaqtida körib çiqilib, hal etilgan.
Masalan, fuqaro V.Abdullayeva Toşkent şahar örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi tomonidan Toşkent davlat texnika universiteti qoşidagi 3-sonli akademik litsey direktor örinbosari lavozimidan böşatganligidan norozi bölib va şu xususda amaliy yordam körsatişni sörab murojaat qilgan.
Mazkur murojaatni örganiş asosida kiritilgan taqdimnomaga köra, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasining 2016 yil 14 oktabrdagi 319-k sonli buyruği bekor qilindi hamda V.Abdullayeva avvalgi lavozimiga tiklandi. Şuningdek, adliya boşqarmasi tomonidan fuqarolik işlari böyiça Yakkasaroy tumanlararo sudiga kiritilgan da'vo ariza asosida V. Abdullayeva foydasiga majburiy progul uçun kompensatsiya va yetkazilgan ma'naviy zarar summasi undirildi.
Şuningdek, fuqaro I.Xudoyqulova “Işonç telefoni” orqali 100-sonli tayanç-harakati a'zolarida nuqsoni bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internat rahbariyati tomonidan homiladorlik va tuğiş ta'tili böyiça nafaqa pullari tölanmayotganligidan norozi bölib qilgan murojaati ham örganib çiqildi.
Uşbu murojaat yuzasidan kiritilgan taqdimnomaga asosan, fuqaro I.Xudayqulovga nafaqa pullari tölab berildi va maktab-internatning boş hisobçisi ma'muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan eng kam iş haqining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Bundan taşqari, fuqaro S.Matmurotovning Yaşnobod tumani hokimining 2015 yil 3 noyabrdagi 529-sonli qarori va fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlararo sudining hal qiluv qaroridan norozi bölib yozgan arizasi ham öz vaqtida körib çiqildi. Örganiş natijasida tuman hokimi qarorini va fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlaro sudining qarorini bekor qiliş böyiça fuqarolik işlari böyiça şahar sudining appelyatsiya instansiyasiga ariza (iltimosnoma) kiritildi. Sud qaroriga köra, tuman hokimining 2015 yil 3 noyabrdagi 529-sonli qarorining tegişli qismi va birinçi instansiya sudi hal qiluv qarori bekor qilindi.
















