Senat yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, çet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.

Ma’lum qilinişiça, amaldagi “Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida”gi qonun bilan örnatilgan ayrim çeklovlar fuqarolarning respublikamiz hududida erkin harakatlanişi, yaşaş joy va kelgan joyni tanlaş böyiça konstitutsiyaviy huquqlaridan tölaqonli foydalana olmasliklariga sabab bölmoqda. Doimiy yaşaş yoki vaqtinçalik turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş tartibi respublika böyiça bir xil emasligi esa fuqarolarni Toşkent şahri va viloyatida propiskaga qöyişda byurokratik tösiqlarni yuzaga keltirmoqda.

Jumladan, 2024 yilning 11 oyi davomida Toşkent şahrida 243 197 nafar va Toşkent viloyatida 271 541 nafar fuqaro doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan. Fuqarolar doimiy röyxatdan ötişlari uçun amaldagi qonun bilan tasdiqlangan röyxatda keltirilgan toifalarga mansubligini tasdiqlovçi qöşimça hujjatlarni, ya’ni tuğilganlik, nikoh, vasiylik töğrisidagi guvohnoma va boşqa hujjatlarni taqdim etib kelişmoqda.

Muhokama qilingan qonun bilan Özbekiston fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötişlari va turar joyi böyiça xabardor qilişlari, ularni yaşaş va turgan joy böyiça röyxatdan ötkaziş sohasidagi asosiy prinsiplar hamda tuşunçalar belgilanmoqda.

Şuningdek, IIVning yaşaş joyi va turgan joy böyiça röyxatdan ötkaziş sohasidagi vakolatlari belgilab berilyapti.

Fuqarolarga hamda doimiy yaşovçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga turgan joyi böyiça röyxatdan ötiş uçun özlariga qulay bölgan içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari, davlat xizmatlari markazlari orqali şaxsan hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda murojaat qiliş imkoniyati yaratilmoqda. “Ye-xabar berish” tizimi joriy etilib, turar joyi böyiça röyxatdan ötişga murojaat qilgan Özbekistonda doimiy yaşovçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni röyxatdan ötkaziş hamda ularning hisobini yuritiş mazkur tizim orqali amalga oşirilişi nazarda tutilyapti.

Qonun bilan fuqarolarning yaşaş joyi böyiça röyxatga qöyilmasdan istiqomat qiliş muddati 15 kundan 10 iş kunigaça qisqartirilyapti. Şuningdek, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uçun jarimalar huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib çiqqan holda maqbullaştirilib, ularning aniq miqdori belgilanmoqda. Qolaversa, 18 yoşga tölmagan va 60 yoşdan oşgan şaxslar pasport tizimi qoidalarini buzganlik uçun javobgarlikka tortilmasligi töğrisidagi yangi qoida kiritilmoqda.