Fan-texnika | 12:35 / 12.06.2017
15126
4 daqiqa o‘qiladi

Windows dasturiy ta'minoti funksiyalarini yaxshilaydigan 7ta dastur

Mazkur bepul dasturlar Windows dasturiy ta'minoti ishlashini yanada tezroq va qulayroq qilishda yordam beradi. Quyida ularning xususiyatlari bilan tanishib, yuklab olishingiz ham mumkin. 

1. Classic Shell

To‘rtburchak interfeys paydo bo‘lganiga bir necha yil bo‘lganiga qaramay, ayrimlar unga ko‘nika olishmaydi. Classic Shell dasturi esa aynan shu toifadagilarga tegishlidir. U zamonaviy amaliy tizimlarni Windows 7’da bo‘lgan ko‘rinishga aylantiradi.

Classic Shell’ni yuklab olish

2. 7+ Taskbar Tweaker

7+ Taskbar Tweaker Vazifalar paneli funksionalligini va uning tashqi ko‘rinishini nazoratga olish imkonini beradi. Eslatmalar, oynalar eskizlari, sichqoncha tugmachalarining o‘ng, chap va o‘rta tugmalari bosilishi va ko‘plab boshqa qulayliklar. 

7+ Taskbar Tweaker’ni yuklab olish

3. Clover

Windows standart fayl menejyeri fayllar bilan ishlashni sezilarli qulaylashtiradigan ikki panelli interfeysga ega emasligi sabab ko‘pdan beri tanqid qilinadi. Clover qisman shu muammoni hal etishshga qaratilgan. U o‘rnatilganidan keyin «Provodnik»da bir necha papkalarni bir vaqtning ochish imkonini beruvchi vkladkalar paydo bo‘ladi. 

Clover’ni yuklab olish 

4. Revo Uninstaller

Aytish joizki, kompyuter dasturiy ta'minotiga o‘rnatilgan dasturlarni o‘chirish bo‘yicha tizim instrumenti har doim ham o‘z vazifasini a'lo bajaradi deya olmaymiz. Chunki, uning vositasida o‘chirilgan dasturlarning turli qismlari qolib ketadi. Biz sizga Revo Uninstaller dasturidan foydalanishni tavsiya qilamiz. U barcha ortiqcha fayllar, kataloglar va reyestr kalitlarini o‘chirib yuboradi. 

Revo Uninstaller’ni yuklab olish 

5. Ditto

Barcha klaviatura bilan ishlovchilarga ilg‘or almashuv menejyeriga ega bo‘lishi foydadan xoli bo‘lmaydi. Ditto eng yaxshilaridan biridir. Uning yordamida nafaqat bir nechta ajratilgan fragmentlarni xotirada saqlab qoladi, balki almashuv buferidagi ma'lumotlarni boshqa turli kompyuterlar bilan sinxronlashtirishi mumkin. 

Ditto’ni yuklab olish

6. AquaSnap

AquaSnap — bu ilova dasturlar oynalarini boshqarishni qulaylashtiradi. Uni o‘rnatgandan keyin ilovalarni joylashtirish bo‘yicha ekranda ko‘plab imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Klaviatura qisqartmalariga ega bo‘lgani sababli sichqonchasiz foydalanish mumkin. 

AquaSnap’ni yuklab olish

7. Ultimate Windows Tweaker

Windows dasturiy ta'minoti yuzlab turli xil optsiyalarga ega. Ularning vositasida dasturiy ta'minotining deyarli barcha aspektlari va tashqi ko‘rinishini sozlash mumkin. Biroq, bu sozlashlarning hammasi ham oddiy foydalanuvchiga ma'lum emas. Ko‘plari reyestrlarning ichki qismlarida yoki tizim dasturlarida yashiringan. Ultimate Windows Tweaker esa dasturiy ta'minoti, standart brauzer va boshqa qator o‘rnatilgan dasturlardagi barcha yashirin imkoniyatlar eshigini ochadi. 

Ultimate Windows Tweaker’ni yuklab olish