Sport | 07:40 / 12.06.2017
8043
4 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi, G guruhi, Ispaniya va Italiya o‘z uchrashuvlarida g‘alaba qildi

JCh-2018 saralashi doirasida Yevropada 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi. G guruhidagi uchrashuvlarda favorit terma jamoalar g‘oliblikni rasmiylashtirishdi.

Ispaniya Makedoniya maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 15-daqiqasida ispanlar yarim himoyachisi David Silva hisobni ochdi. 27-daqiqada Diyego Kosta mehmonlar jamoasining ustunligini oshirdi. O‘yinning 66-daqiqasida makedonlar himoyachisi Stefan Ristovski hisobni qisqartirdi.

Italiya esa Lixtenshteynga qarshi uchrashuvda yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Udinedagi «Friuli» stadionida kechgan uchrashuvda 5:0 hisobi qayd etildi.

O‘yinning 35-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Lorentso Insine texnik mahoratini namoyish etib, to‘pni darvozaning uzoq burchagiga joyladi. Ikkinchi bo‘lim boshida Insine Andrea Belottini darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqardi va hujumchi darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

79-daqiqada Belotti himoyachilardan qochib ketib, Ederni to‘p bilan ta'minladi va hisobdagi ustunlik uchtaga oshdi. 4 daqiqa o‘tib Federiko Bernadeskining oyog‘iga qulay tushib kelgan to‘p darvoza to‘riga borib tushdi. O‘yin oxirida Manolo Gabbyadini qanotdan uzatilgan pasni darvozaning yaqin burchagiga joyladi.

Albaniya esa Isroil maydonidan yirik g‘alaba bilan qaytdi (3:0).

Bu natijalardan keyin guruhda Ispaniya 16 ochko bilan peshqadam, ispanlar Italiyadan to‘plar nisbatidagi ustunlik evaziga oldinda. 3-4-o‘rinlardagi Isroil va Albaniya 9tadan ochko jamg‘argan, Makedoniya 3 ochko bilan beshinchi, oxirgi o‘rindagi Lixtenshteynda ochko yo‘q.

7-tur o‘yinlari 2 sentabr kuni o‘tkaziladi. Bu turda Ispaniya Italiya bilan, Makedoniya Isroil bilan, Albaniya esa Lixtenshteyn bilan o‘ynaydi.

JCh-2018 saralashi, Yevropa
6-tur

Makedoniya – Ispaniya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 15 Silva, 0:2 – 27 Diyego Kosta, 1:2 – 66 Ristovski.
Makedoniya – Dimitriyevski, Ristovski, Moysov (Trichkovski, 85), Shikov, Alioski, Spirovski, Stepanovich (Elmaz, 46), Toshevski (Traykovski, 74), Ristevski, Nestorovski, Pandev.
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Alkantara (Koke, 74), Buskets, Silva (Pedro, 69), Isko, Inesta (Saul, 90), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Pandev (35), Moysov (64), Silva (67), Alba (71), Elmaz (78), Shikov (87), Ristevski (90).

Italiya – Lixtenshteyn 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 35 Insine, 2:0 – 52 Belotti, 3:0 – 74 Eder, 4:0 – 82 Bernardeski, 5:0 – 90 Gabbyadini.
Italiya – Buffon, Kellini, Bardzali, Darmian, de Rossi, Spinatstsola, Kandreva (Bernardeski, 60), Pellegrini, Insine, Belotti (Gabbyadini, 75), Immobile (Eder, 67).
Lixtenshteyn – Yyele, Malin, Geppel, Rexshtayner, Polverino (Kvintans, 87), Byuxel, Gubser, Salanovich (Brendle, 60), Xasler, Burgmayyer (Volfinger, 68), Frik.
Ogohlantirish: Polverino (44).

Isroil – Albaniya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 22 Sadiku, 0:2 – 44 Sadiku, 0:3 – 71 Memushay.
Isroil – Goresh, Dasa, Tavatxa, Tibi, Tsedek, Golasa (Shexter, 53), Natxo, Zaxavi, Koen, Rafayelov (Vered, 57), Saar (Benayun, 67).
Albaniya – Strakosha, Gimsiti, Xyusay, Mavray, Aliyi, Roshi (Lilya, 53), Kukeli (Veseli, 82), Xyuka, Memushay, Abrashi, Sadiku (Tsikaleshi, 69).
Ogohlantirishlar: Lilya (57).

Mavzuga oid