Bugungi kunda vayronkor kuçga ega bölgan pornografiyaning tarğiboti  jinoyatga yetaklovçi kuç sifatida namoyon bölayotgani heç kimga sir emas. AQŞning Yuta universiteti psixologi Viktor Klayn (Dr.Victor B.Cline)ning ta'kidlaşiça, insonda pornografiyaga örganiş avval hissiyotlar, söng ong xiralaşuviga olib keladi va bu kabi bosqiçlar jamiyatda zöravonlik, şafqatsizlik kabi jinoyatlarning kelib çiqişiga boş sababçi böladi. 

Xorijning kriminal dunyosida 5 nafar öğil bola ölimiga aloqador jinoyatçi sifatida tanilgan Artur Gari Bişop ruhşunos bilan suhbati jarayonida “Pornografiya mening qulaşimni belgilab berdi” degan edi. 28 nafar ayolning qotiliga aylangan Ted Bandi esa öz vaqtida pornografiyaga mukkasidan ketgan muxlis sifatida ta'riflangan.   

Jamiyatning pornografiyadek jirkanç illatiga qarşi kuraşiş maqsadida mamlakatimiz hududiga uşbu tavsif va tasvirli har qanday körinişdagi materiallarni olib kiriş, namoyiş qiliş, köpaytiriş, tarqatiş taqiqlanadi. Bu harakatlarning tag zamiri eng avvalo yoşlarimizni turli yot illatlardan himoyalaş, ularning hali töla şakllanmagan ruhiyatini soğlom saqlab qolişga qaratilgan.

Surxondaryo viloyatining çegara-bojxona komplekslari va postlari orqali ötayotgan ayrim yölovçilar tomonidan uşbu turdagi qoidabuzarliklar hamon sodir etilayotgani, albatta, afsuslanarli.

Masalan, “Sariosiyo” temir yöl çegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan xorijlik 20 yoşli N.Kibriyoning qöl yuklari orasidagi telefoni bojxona körigidan ötkazilganda, uning xotirasida 26 dona behayo mazmundagi roliklar mavjudligi aniqlandi. 

Kibriyo bu telefon uning şaxsiy mulki, unda saqlanayotgan ma'lumotlar töğrisida özi javobgar ekanligi, bundan taşqari Özbekistonda pornografik materiallar taqiqlanganligi haqida birinçi marta eşitayotganligini e'tirozli ohanglarda ta'kidladi. Ammo qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.

Sud qaroriga köra N.Kibriyo Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, uning 1 million 200 ming sömga baholangan “Samsung Galaxy J3 Duos” rusumli  telefon apparatidagi behayo tasvirlar mutaxassis tomonidan tozalangaç, davlat egaligiga ötkazilişi körsatildi.  

Uşbu mazmundagi 98 dona videoroliklarni öz telefonida saqlab kelayotgan hamyurtimiz B.Loçin “Moskva-Termiz” reysi bilan Surxondaryoga uçib kelganida, bojxonaçilar tomonidan töxtatib qolindi. Telefon apparatidagi pornografik materiallar haqida söralganda, B.Loçin bir muddat ilgari 2 ming Rossiya rubliga telefon sotib olganini  va uşbu telefon apparatidan şu vaqtga qadar özi bilan bir qatorda boşqa tanişlari ham foydalanib kelganligini ta'kidladi.