Sony 60 milliondan ortiq PlayStation 4 qurilmasini sotdi
Yaponiyaning Sony kompaniyasi Ye3 2017 ko‘rgazmasi doirasida anjuman o‘tkazdi. U yerda qator videoo‘yinlar ko‘rsatildi, shuningdek, PlayStation VR virtual reallik bosh kiyimi uchun qiziq loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Biroq PlayStation 4 o‘yin qurilmalarining sotuvi hajmi bo‘yicha qiziq statistika e'tibordan chetda qoldi. Ma'lum bo‘lishicha, bugungi kunga kelib butun dunyo bo‘ylab 60,4 millionta PS4 sotilgan.
Sony shuningdek, o‘z o‘yin qurilmalaridan tashqari, ularga mo‘ljallangan 487,8 millionta videoo‘yinlarni sotgan. PS4 qurilmalarining faol foydalanuvchilari sevimli o‘yinlariga haftasiga 600 000 000 soat sarflaydi. Hammasi bo‘lib esa PlayStation 4 qurilmalarini har oyda 123 davlatdan bo‘lgan 70 million kishi o‘ynaydi.
PlayStation Plus servisi ham ancha yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu servis pullik bo‘lib, videoo‘yinlarni onlaynda o‘ynash uchun kerak. Bugungi kunda servisdan 26,4 million kishi foydalanadi.
Mavzuga oid
22:24 / 10.09.2024
Sony kompaniyasi PlayStation 5 Pro konsolini taqdim qildi
23:38 / 10.10.2023
Sony yangi PlayStation 5 ni taqdim etdi
12:19 / 02.07.2023
Elektronika sohasida inqilob qilgan Sony – yapon kompaniyasi qanday tashkil etilgandi?
13:27 / 05.01.2022