Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:51 / 17.06.2017
8068
1 daqiqa o‘qiladi
Istanbul politsiyasining sobiq boshlig‘i hukumatga taslim bo‘ldi
Foto: aa.com.tr
Istanbul politsiyasining sobiq boshlig‘i Husayn Kapkin sud uning hibsga olinishiga order berganidan bir necha soat o‘tib politsiya bo‘limiga kelib, hukumatga taslim bo‘ldi. Kapkin muxolifatchi Fathulla Gulen bilan aloqadorlikda ayblanmoqda.
Kapkinning hibsga olinishi haqida Anadolu axborot agentligi xabar berdi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, agar sobiq politsiyachining aybi isbotlansa, unga 10 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.