Sport | 08:33 / 19.06.2017
8938
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya 6x6 futbol bo‘yicha Yevropa chempioniga aylandi

Rossiya havaskorlar terma jamoasi 6x6 futbol bo‘yicha Yevropa chempioniga aylandi. Chexiyaning Brno shahrida bo‘lib o‘tgan mini-Yevroning final bahsida ruslar musobaqa mezbonlarini uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi - 1:1 (penaltilar bo‘yicha – 3:2).

Marikaning goliga ikkinchi bo‘limda Rossiya termasi sardori Aleksey Medvedev javob qaytardi. Bellashuv yakuniga to‘rt daqiqa qolganida u penalti ishlab oldi, biroq Valeriy Lixobabenko tepgan to‘p ustunga tegdi. Uchrashuv penaltilar seriyasi bilan yakunlandi, unda ruslar darvozaboni Denis Korshikov birinchi zarbani qaytardi, Yevgeniy Vashurin, Erik Korchagin va Lixobabenko esa to‘pni darvozaga aniq yo‘llashdi.

Rossiya termasi ilk bor Yevropa chempioniga aylandi. Avval jamoaning eng yaxshi natijasi mini-Yevro-2013dagi to‘rtinchi o‘rin bo‘lgandi. Eslatib o‘tamiz, ilk oltita Yevropa chempionatida Ruminiya termasining qo‘li baland kelgan, o‘tgan yili esa Qozog‘iston zafar quchdi.