Mintaqaviy aksilterror tuzilma (MAAT) Ijroiya qömitasi direktori Yevgeniy Sisoyevning sözlariga köra, MAAT Özbekiston bilan özaro işonç va yordamga asoslangan aloqalarni örnatgan. Bugun Xalqaro Press-klubda bölib ötgan köp tomonlama hamkorlik masalalariga bağişlangan navbatdagi yiğilişda şu haqda ma'lum qilindi. Tadbirda qatnaşgan "Kun.uz" muxbiri şu haqda xabar berdi.
"Mintaqaviy aksilterror tuzilma Ijroiya qömitasi taşkil etilganiga 13,5 yil böldi. Biz Özbekistonning mehmondöst zaminidagi faoliyatimizni 2004 yilning 1 yanvaridan boşlaganmiz. Özbek hamkasblarimizning ğamxör patronaji ostida ötgan yillar içida Toşkentda rivojlaniş böyiça ança işlar qilindi, öz tarkibida olti mamlakatning maxsus organlarini birlaştiruvçi ajoyib tuzilma 9 iyun kuni sakkiztaga köpaydi.
Ta'kidlaş joizki, bu vaqt içida juda köp işlar qilindi. Biz xalqaro huquqiy baza normativi, şakl va usullar, özaro hamkorlik mexanizmini işlab çiqdik. Mening nuqtai nazarimga köra, yana bir muhim jihatlardan biri biz özaro işonç va yordamga asoslangan aloqalarni örnatdik", - deydi Sisoyev.
Şuningdek u Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining faoliyati sönggi yillarda an'anaviy keçayotgani, davlat rahbarlari nazorati ostida ekani hamda sönggi sammitlar doirasida taşkilot faoliyatiga ijobiy baholar berilayotganini qayd etdi.
"Bizning faoliyatimiz samarali deya baholanmoqda. Har qanday samarali tuzilma kabi MAATga nisbatan ham "yana qandaydir qöşimça vazifa va muammolarni hal qila oladimi, qöşimça vakolatlar beriş kerakmikan" degan savol va takliflar paydo böladi. Bunday takliflar avval ham XXR, RF tomonidan MAATni terrorizm, uyuşgan jinoyatçilik, narkotrafikka qarşi kuraşuvçi köp tarmoqli markazga aylantiriş taklifi berilgan. Biroq bu takliflar öşanda kontseptual jihatdan qöllab-quvvatlanmagandi. Şavkat Mirziyoyevning ŞHTda bildirgan taklifi ham aynan şu tendensiya (MAATni qanday va qaysi yönalişda rivojlantiriş va qanday qöşimça masalalarni hal qilişi mumkin)ga asoslanadi", - deydi MAAT rahbari.
Bundan taşqari Yevgeniy Sisoyev zamonaviy tahdidlar şaroitida asosiy masalalardan biri axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik masalasi ekanini ta'kidladi.
"Kibermaydonlar xalqaro terrorçi taşkilotlar a'zolarining öz maqsadlariga erişiş uçun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Bu yönalişda köp işlarni amalga oşiryapmiz, bu borada hamkorlik çora-tadbirlari işlab çiqilgan. Biz terrorçilikka qarşilik qiliş maqsadida aksilterror öquv maşqlarini ötkazyapmiz. Xitoy tomon bu masalalarga katta e'tibor qaratmoqda va köplab qiziq takliflar kiritmoqda. Aprel oyida Şanxayda ajoyib seminar bölib ötdi. Unda kiberterrorizm masalasiga bağişlangan uçraşuvlar ötkazildi. Bu mazmunda janob Mirziyoyevning takliflari juda örinli", - qöşimça qildi Ye.Sisoyev.

















