Moskva şahri Şçerbinskiy rayoni sudiga erkin kuraş böyiça murabbiy Alişeri Ismatzodani hibsga oliş böyiça ariza kelib tuşgan. RTVI suv saytidagi iş materiallariga e’tibor qaratgan. 

Undan biliş mumkinki, Ismatzoda terrorçilik faoliyatiga yordam berişda gumonlanmoqda (RF JK 205.1-moddasi, 1-qismi).  

Rossiya sport kuraşlari federatsiyasi RBK muxbiriga Alişeri Ismatzoda qölga olinganini tasdiqlagan. «Bu ma’lumot bizni şokka tuşirdi, ammo afsuski, şunday böldi», — degan naşr suhbatdoşi 

Murabbiy aynan nimada gumonlanayotgani noma’lum. 

Moskva meriyasi saytiga köra, Alişeri Ismatzoda 1992 yilda tuğilgan. U Moskvadagi 1-sonli örta ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktabida murabbiylik qiladi. Maktabdagilar RBKga bu ma’lumotni tasdiqlaşgan. Ismatzoda şuningdek sportning uşbu turi böyiça Rossiya ösmirlar jamoasi (16 yoşgaça bölgan qizlar) va Moskva ösmirlar jamoasi (16 yoşgaça bölgan öğil bolalar) murabbiyi sifatida ham işlagan. TASSning aniqlik kiritişiça, Ismatzoda sönggi vaqtlarda erkin kuraş böyiça Rossiya yoşlar jamoasi murabbiyi vazifasini bajaruvçi bölgan.