Ramzon Qodirov Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘zgartirilishiga izoh berdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Saudiya Arabistoni yangi valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni bu tayinlov bilan tabrikladi. Uning fikricha, qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning bu qarori uning mamlakatda barqarorlikni istayotganidan darak beradi.
"Mening qadrdon inim Muhammad bin Salmonning valiahd shahzoda etib tayinlanishini quvonch va faxr bilan qabul qildim. Bu qirol, ikki masjid asrovchisi tomondan bildirilgan katta ishonchdir", deb yozdi Qodirov instagramda arab tilida.
"Bu donolik, jasurlik va Saudiya Arabistonining barqarorligi, farovonligi va xavfsizligidan manfaatdorlik namoyishidir", deb qo‘shimcha qildi Qodirov.
Qodirovning fikricha, Muhammad bin Salmon sadoqatli va jasur, arab olami va dunyoda yuz berayotgan vaziyatni anglovchi yetakchidir.
Saudiya Arabistoni qiroli 21 iyunda qarindoshi Muhammad bin Naif o‘rniga 31 yoshli o‘g‘lini valiahd shahzoda etib tayinlanishi haqidagi qarorni qabul qildi. Bundan tashqari, Muhammad bin Naif mamlakat ichki ishlar vaziri lavozimidan olindi, Muhammad bin Salmon esa mudofaa vaziri lavozimini saqlab qolgan holda bosh vazir o‘rinbosari lavozimini ham egalladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
-
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi
Jahon | 09:50
-
Toshkentda O‘rta transport yo‘lagi istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston | 09:33
-
Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 09:13
Mavzuga oid

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

03:47 / 26.03.2025
Zelenskiy AQShning Ukraina va Rossiya bilan kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi

17:38 / 25.03.2025