«O‘zbekiston 24» telekanali tez kunda ish boshlaydi

Foto: O‘zMTRK
Milliy teleradiokompaniya tarkibida tashkil etilgan yangi «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali yaqin kunlar ichida faoliyat boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrigida keltirib o‘tilgan.
«Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga teng edi, xolos.
E'tiborga molik jihati shundaki, ommaviy axborot vositalarining tarkibi ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Yaqin kunlarda ish boshlaydigan, kechayu kunduz uzluksiz faoliyat olib boradigan O`zbekiston – 24 telekanali milliy axborot makonida o‘z munosib o‘rnini va o‘z tomoshabinlarini topadi, deb ishonamiz», deyilgan tabrik matnida.
Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori may oyi avvalida imzolangandi.
Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib boradi. Shuningdek, telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi.
Prezident qarori bilan «Diyor» telekanali va «Toshkent» radiokanali tugatilib, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o‘tgan.
«O‘zbekiston 24» SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.
Bundan oldinroq «Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informatsion dasturlari yopilishi, barcha yangiliklar «O‘zbekiston 24» telekanalida bo‘lishi ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

22:00 / 07.03.2019
Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi

00:38 / 06.05.2018