Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ijrochilarining ish haqi qancha bo‘ladi?
Prezidentning 15.06.2017 yildagi PQ–3060-son «Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 29.05.2017 yildagi PF–5059-son «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti o‘rniga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda – Byuro) tashkil etildi va Byuroni rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi.
Byuroni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatining normativ bazasi shakllantirildi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• Byuroni rivojlantirish jamg‘armasining tuzilmasi (Bosh prokurorga Jamg‘arma tuzilmasiga o‘zgartish kiritish, shu jumladan, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtatlar joriy etish huquqi berildi);
• Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi (Bosh prokuror o‘rinbosari M.Azimov boshchilik qiladi, lavozimiga ko‘ra Oliy sud raisi, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimlari, moliya va adliya vazirlari, Byuro direktori, Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori va boshqalar kiradi);
• Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
• Byuroni rivojlantirish jamg‘armasi Direktsiyasi xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari.
Byuroni rivojlantirish jamg‘armasining daromadlar va xarajatlar moddalari belgilandi.
Jamg‘arma mablag‘lari shakllantiriladigan manbalar qatoriga qo‘shimcha ravishda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘laridan olinadigan daromadlari ham kiritildi. Ilgari Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllanishi belgilangan edi:
• respublika iste'molchilariga energiya resurslari va tabiiy gaz sotishdan tushgan mablag‘larning 10%i;
• vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘larning 8%i;
• davlat ijrochilari tomonidan undirilgan ijro yig‘imi mablag‘larining 80%i;
• Byuro xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80%i va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
• Byuro xodimlariga ish haqi, ustama haqi, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lashga;
• tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Byuroga ishga jalb qilishga;
• bino va inshootlarni saqlash, foydalanish, qurish va ta'mirlashga, ularni zarur inventarlar, shu jumladan, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa vositalar bilan ta'minlashga;
• Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilishga;
• xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek, boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta'minlashga;
• Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga, shu jumladan, xizmat turar joylari qurishga, tibbiy xizmat ko‘rsatishga;
• tasdiqlangan milliy standartlarga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning yagona integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga;
• Byuroning axborot-kompyuter tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va uni rivojlantirishga, axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
• Byuro xodimlarini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta'lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashiga;
• Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
• Byuro xodimlarining mamlakat ichkarisidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini to‘lashga;
• Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashg‘ulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini o‘tkazishga;
• Byuro faoliyati uchun zarur bo‘lgan bosma va boshqa materiallar bilan ta'minlashga va Byuro faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga.
Byuro xodimlari qancha olishadi?
Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan tarkib topadi:
|
Lavozim maoshidan |
tarif setkasi bo‘yicha aniqlanadi |
|
Oylik ustama haqlaridan |
- darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga lavozim maoshining 50%i, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari Byuroning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100%i miqdorida (rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda Byuro xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi); - lavozim maoshiga 40% miqdorida (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti); - darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20%dan 50%gacha miqdorda; - darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga - ko‘p yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5%dan 40%gacha miqdorda; - maxsus toifalar uchun lavozim maoshiga 10, 20 va 30% miqdordagi ustama haq - boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining uzoq yillik mehnati uchun ustama haq. |
|
Rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlar |
- yiliga 200%lik mukofotlar (faoliyatini individual baholash natijasida olingan 70-80 ballgacha - lavozim maoshiga 50%, 80-90 ballgacha - 100%, 90-100 ballgacha - 200%); - bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu ko‘st xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan 15% miqdorida mukofotlar; - 15%lik shaxsiy ustamalar; - EKIHning 1-2 barobari miqdoridagi ovqatlanish xarajatlari; - yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun EKIHning 1-2 baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar (tuman va shahar bo‘limlari xodimlariga xizmat avtotransporti biriktirilmagan bo‘lsa); - yilda 1 marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam; - baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda halok bo‘lgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish. |
Mavzuga oid
11:57 / 21.05.2025
Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi
17:27 / 17.11.2023
Toshkentda 44 bor radarga tushgan haydovchining mashinasi xatlandi
19:22 / 05.05.2022
Tez yordam xodimlarining maoshi 10-15 foizga oshiriladi
21:01 / 26.04.2022