Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 iyuldan elektr energiyasi narxi oshadi
«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati 2017 yil 15 iyuldan elektr energiyasi narxlari oshishini ma'lum qildi. Yangi narxlar Moliya vazirligi tomonidan 29 iyun kuni tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, 1 kilovatt/soat elektr energiya narxi 7 foizga o‘sib, 191 so‘mdan 204,3 so‘mga chiqadi.
Tariflarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
«O‘zbekenergo»ning izohlashicha, elektr energiya tariflarining qimmatlashuvi yoqilg‘i-energiya boyliklarining tannarxi oshishi bilan bog‘liqdir.
Bundan oldinroq 15 iyuldan gaz tarifi ham 7 foizga oshishi haqida xabar berilgandi.
Kommunal xizmatlarning tariflari so‘nggi bor 2016 yil oktabr oyida oshirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil martida Moliya vazirligi 2017 yil davomida kommunal xizmatlarning tariflari oshirilmasligini bildirgandi.
Endilikda ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadida tariflar oshirilishi o‘rtacha yillik inflyatsiya darajasidan oshmasligi, shu bilan birga issiqlik va suv ta'minoti xizmatlarini ko‘rsatadigan korxonalarning xarajatlarini kamaytirish hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida hukumat tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tilgandi.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026