Yangi ochiladigan institutda bo‘lajak hokimlar o‘qitiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida yosh rahbar kadrlar instituti ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Kamolot» YoIH qurultoyi vaqtida ma'lum qilgan.
Prezident Davlat boshqaruv akademiyasi faoliyatini tanqid qilgan.
Akademiya qoshida ochiladigan institutda kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli bo‘ladi.
«Institutni bitirganlarni darhol hokim qilamiz», degan prezident.
Shuningdek, Qo‘qonda Toshkent san'at instituti filiali ochiladi.
Qurultoyda bundan buyon viloyat hokimlari va IIB boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari «Kamolot» YoIH o‘rnida yangi tashkil etilgan Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan tayinlanishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid

15:00 / 03.04.2024
Hokimlar va futbol. Bozorov, Abdurazzoqov, Azimov chempionlik maqsadini qo‘ydi, Abdurahmonovga 10-raqamli libos topshirildi

12:58 / 29.01.2024
O‘zbekistonda yana 16 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

22:33 / 04.10.2023
Eng kam hokim almashgan viloyat – Namanganning barcha rahbarlari bitta suratda

11:36 / 07.06.2023