GM Uzbekistan valyutaning davlat va bozor kursi tenglashishidan manfaatdor
5 iyul kuni GM Uzbekistan korxonasiga matbuot safari uyushtirildi. Mazkur safarda xususiy sektordagi jurnalistlar, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur guruhlar boshliqlari ishtirok etdi. Mehmonlarga GM Uzbekistan bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov hamrohlik qildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Matbuot safarida ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilishicha, korxona bo‘ylab sayohat uyushtirilgan, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirilgan. Shu o‘rinda GM Uzbekistan korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati borasidagi e'tirozlarga Rustam Rajabov izoh berdi. Uning ta'kidlashicha, GM kompaniyasining dunyo bo‘ylab 140 ga yaqin zavodi bor. O‘zbekiston sifat bo‘yicha kuchli 30 likdan joy oladi. Rustam Rajabov bu o‘rinda turli mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi. Chunki har 6 oyda AQShdan vakillar kelib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan shaxsan tanishishi barchaga ma'lum qilindi.
Jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan GM Uzbekistan avtomobillarining narxi oshishi bilan bog‘liq savolga javob berar ekan Rustam Rajabov shunday dedi: “Bu holat qayta ko‘rib chiqiladi, shunda narxlar Rossiya bozoridagi narxlar bilan deyarli bir xil bo‘lib qoladi. Valyuta bozorining liberallashtirilishi biz uchun ham manfaatli. Bu orqali ishimiz yengillashgan, turli gap-so‘zlarning oldi olingan bo‘lar edi”.
Yaqin kunlarda ushbu safar taassurotlari va unda ko‘tarilgan mavzular haqida saytimiz orqali to‘liq maqola havola etiladi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
19:06 / 28.07.2023