Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Putin Suriya masalasi bo‘yicha kelishuvga erishdi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya janubi-g‘arbida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda amerikalik amaldorlarga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatdi.
Agentlik xabarida qayd etilishicha, bunday kelishuv Suriyadagi fuqarolik urushi yakuni bo‘yicha urinishlarning yangi bosqichiga olib chiqadi.
Shu bilan birgalikda manbalar kelishuvning jihatlarini va bu kelishuv qanday amalga oshirilishini keltirib o‘tmagan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulh 9 iyul kuni Damashq vaqti bilan soat 12:00dan (Toshkent vaqti bilan soat 14:00) kuchga kiradi.
Manbalardan biri Iordaniya va Isroil ushbu kelishuvda ishtirok etishini aytgan. Qayd etilishicha, AQSh ittifoqchilari bo‘lgan bu ikki davlat Suriya bilan chegaralarida harbiylari sonini oshirgandi.
Sammit arafasida AQSh Suriya masalasida yangi reja tayyorlagani, unga ko‘ra, Bashar Asad hukumatdan ketishi shart bo‘lmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
13:28 / 22.06.2026
AQSh–Eron sulhi: kim nimaga erishdi?
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
20:51 / 19.06.2026