Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 mamlakatlari terrorizm, qashshoqlik, ochlik bilan kurashadi
G20 mamlakatlari jahon hamjamiyati qarshisida turgan zamonaviy chaqiriqlarga qarshi kurashishga bel bog‘lamoqda. Ular terrorizm, qashshoqlik, ochlik kabi muammolarga qarshi kurashish niyatidalar, deyiladi Hamburgda bo‘lib o‘tgan G20 sammiti natijalariga doir kommyunikeda.
"Biz jahon hamjamiyati qarshisida turgan umumiy muammolar, xususan, terrorizm, insonlar ko‘chishi, qashshoqlik, ochlik, salomatlikka tahdid, ish o‘rinlari barpo qilish muammolari, iqlim o‘zgarishlari, energetika xavfsizligi, tengsizlik, shu jumladan gender tengsizligiga qarshi kurashish niyatidamiz", — deyiladi xabarda. Unda ta'kidlanishicha, mazkur masalalarni hal etish mustahkam rivojlanish va barqarorlik asosidir.
Bundan tashqari, G20 mamlakatlari 2025 yilga kelib, barcha fuqarolarni raqamli aloqa bilan ta'minlash kabi ilg‘or g‘oyani hayotga tatbiq etishni maqsad qilishgan.
G20 davlatlari 2025 yilga kelib barcha insonlarni raqamli aloqa bilan ta'minlashga intilar ekan, erkin axborot almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi kommyunikeda.
Yakuniy hujjatda qayd etilishicha, G20 mamlakatlari shaxsiy hayot, ma'lumotlarni muhofaza qilish va intellektual mulk huquqini hurmat qilgan holda erkin axborot almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
14:27 / 04.02.2026
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
09:37 / 06.09.2025
Donald Tramp JARdagi G20 sammitida qatnashmaydi
23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
20:44 / 09.03.2025