Sport | 23:56 / 10.07.2017
7262
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik dzyudochilar Bali open-2017 xalqaro musobaqasida ishtirok etadi

Indoneziyaning Bali provinsiyasida 13-16 iyul kunlari sportning dzyudo turi bo‘yicha Bali open-2017 xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.  

13-16 yoshli sportchi o‘smirlardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun bugun, 10 iyul kuni Indoneziyaga jo‘nab ketdi. Bali open-2017 xalqaro musobaqasiga o‘zbekistonlik o‘smir dzyudochilardan Ibrohim Abdug‘aniyev, Rustam Litipov (ikkalasi 36kg.), Xumoyun Hayitov, Muhammad Usmonov, Usmonjon Yusufjonov, Behro‘z Jabborov (barchalari 41 kg.), Saidamir Anvarov (45kg.), Abror Ziyamov (55kg.), Normurod Ahmedov (+50) qatnashadi. Kattalardan esa: Bobur Rizayev (73kg.), Ulug‘bek To‘rayev (81 kg.) va Anvarjon Muqimov (90kg.) ishtirok etadi. 

Jamoa murabbiyi Abduvoris Abduvahobov va Bobur Rizayev. Ushbu musobaqaga o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Rustem Ametov ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonlik sportchilarga muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish