Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
M39 yo‘lining Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi qismi rasman ochildi

Bugun O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasida “Oq oltin – Tselinnyy” va “Malik – Sirdaryo” o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu punktlar O‘zbekiston fuqarolariga M39 yo‘lining Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi qismidan foydalanishga imkon beradi. Marosimda ikki mamlakat hukumat vakillari, jamoatchilik qatnashgan.
Endi Janubiy viloyatlardan Toshkent shahriga boruvchi va qaytuvchi fuqarolar M39 yo‘lining Qozog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 24 kilometrlik qismidan foydalanishlari mumkin.
Shu paytgacha haydovchilar 17-post deb ataluvchi yo‘l-patrul xizmati maskanidan Chinoz YPX maskanigacha Sirdaryo viloyati hududida 70 km.ga yaqin yo‘l bosishar edi. To‘g‘ri yo‘l ochilishi bilan ushbu masofa 46 kilometrni tashkil etadi.
Oldinroq berilgan xabarlarga ko‘ra, davlatlar chegaralarini kesib o‘tishda yengillashtirilgan pasport nazorati yo‘lga qo‘yiladi va kirish chiqish shtamplari bosilmaydi.
Tavsiya etamiz
Orzu ortidagi dard: Koreyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizlari qismati
Ayollar dunyosi | 14:47 / 17.08.2025
Zangezur: O‘zbekiston uchun yangi strategik imkoniyatmi?
Jahon | 21:43 / 14.08.2025
“Asr savdosi”. Rossiya Alyaskani nega sotib yuborgandi?
Jahon | 19:31 / 13.08.2025
“3 kiloga yetgan”: Samarqandda 80 yoshli bemordagi yirik buqoq olib tashlandi
Jamiyat | 11:07 / 13.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS isroillik asirlarning yarmini ozod qilishga rozi bo‘ldi
Jahon | 01:42
-
O‘zbekistonlik yosh muhandislar Ginnes rekordini yangilashdi – vazirlik
O‘zbekiston | 01:24
-
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 00:53
-
Ukrainaning xavfsizlik kafolati uchun Yevropa to‘lashi kerak – AQShning NATOdagi vakili
Jahon | 00:40