4 yoshli o‘g‘lini 20 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Karmana tumanida istiqomat qiluvchi Muattar Naimova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Abdurafiq bilan 2013 yildan buyon rasmiy nikohsiz yashab kelardi. Birinchi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li endigina to‘rt yoshga to‘lgan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Muattar ishlamagani uchun qiynalib qolar, shunday paytlarda o‘g‘lini bolalar uyiga topshirish yoki farzandsiz oilalarga sotishni reja qilardi. Bir-ikki bor Abdurafiqqa bu haqda aytganida, u rozi bo‘lmadi.
Shundan keyin Muattar eriga ham aytmasdan, o‘zi ishni bitirmoqchi bo‘ldi va o‘g‘lini sotib oladigan kishilarni qidira boshladi. Shunday kunlarning birida Sanam ismli ayol unga bolani sotib oladigan kishini topib berishini aytib qoldi va unga bir telefon raqamini berdi. Muattar fuqaro Xolida Xoliqovaga qo‘ng‘iroq qildi. Ular uchrashishdi. M.Naimova bolaga xaridor bo‘lgan Xolidaga oilaviy sharoiti og‘irligi, eri bolani xo‘rlab, urayotganligi, endi Rossiyaga ishlash uchun ketayotganligi-yu, shu sababli bolasini sotishga majbur bo‘layotganligini aytib, razil qilmishini oqlamoqchi bo‘ldi. Ikki ayol o‘rtasida jirkanch savdoning shartlari kelishildi. Unga ko‘ra, X.Xoliqova bolani 20 million so‘m evaziga sotib oladigan, hujjatlarni tayyorlash uchun yana 500 ming so‘m beradigan bo‘ldi.
Oradan ikki kun o‘tib, M.Naimova X.Xoliqovadan 5 mln. 500 ming so‘m pulni olgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi.
Sud hukmi bilan M.Naimova 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘rtachirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi
Jamiyat | 17:57
-
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi
O‘zbekiston | 17:43
-
AQSh elchixonasi: Ta’lim vizalariga talabgor o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari ochiq bo‘lishi kerak
Jahon | 15:04
-
TMK – O‘zbekistonni kritik minerallar global bozorida trendga chiqarmoqda
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

09:24 / 18.06.2025
Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi

12:25 / 11.06.2025
Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

00:30 / 27.05.2025