Jahon | 19:20 / 14.07.2017
19793
1 daqiqa o‘qiladi

Misrdagi kurortda hujum: xorijlik sayyohlar o‘ldirildi

Foto: Reuters

Misrning Qizil dengiz bo‘yida joylashgan Xurgada kurortidagi plyajlardan birida dam olayotgan sayyohlarga hujum amalga oshirildi.

"Reyter" agentligi xabariga ko‘ra, pichoq bilan qurollangan noma'lum shaxs hujumi oqibatida ikki ukrainalik sayyoh halok bo‘lgan.

Shuningdek, yana 6 sayyoh jarohatlangan, ularning barchasi xorijliklar.

Hujumni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olingan.

Mavzuga oid