Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi yana bir tuman hokimi ishdan ketdi
Toshkent shahridagi yana bir tuman hokimi o‘zgardi. Shayxontohur tumani hokimi Oybek Mirtemirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
U 2016 yilning oktabridan buyon tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Toshkent shahri hokimiyati matbuot xizmatining xabar berishicha, 14 iyuldan boshlab Shayxontohur tumaniga Odilxon Rustamov hokimlik qiladi.
Odilxon Rustamov 2016 yildan buyon «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasiga rahbarlik qilib kelgan, shu oy boshida uning o‘rniga «O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi o‘rinbosari Tohir Jalilov tayinlangandi.
Odilxon Rustamov 1993 yildan soliq tizimida faoliyat yuritib kelgan. 2001—2005 yillarda Toshkent shahar Chilonzor, Uchtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2005—2009 yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmalari boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
2009 yil mart oyidan beri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Toshkent shahrida 11 tuman bo‘lib, aprel oyida ularning yettitasiga yangi hokim tayinlangandi. Avvaliga Yunusobod va Chilonzor tumanlariga Baxtiyor Abdusamatov hamda Davron Hidoyatov rahbarlar etib tayinlangandi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan Sergeli, Yashnobod, Mirobod va Uchtepa tumanlarida hokimlar o‘zgardi. Aprel oyi oxirida esa Olmazor tumani hokimi ishdan olingandi.
Ayni vaqtda Toshkentning Shavkat Mirziyoyev Prezidentlikka kirishganidan keyingi davrda hokimi almashmagan ikki tumani qoldi. Bular Yakkasaroy tumani hokimi Sarvar Mahametov va Bektemir tumani hokimi Shopo‘lat Asqarovdir.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
Iqtisodiyot | 17:58 / 01.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 9,9 mln tonna sabzavot yetishtirildi: Andijon va Samarqand peshqadam
Iqtisodiyot | 08:53
-
15 dekabr - Butunjahon turkiy tillar kuni etib belgilandi
O‘zbekiston | 08:45
-
Zoxran Mamdaniy: Nyu-York meri lavozimidagi ilk musulmon
Jahon | 08:22
-
Avstriyada ehtimoliy rossiyalik josus fosh etildi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid
19:57 / 02.11.2025
Toshkentda mashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
14:11 / 03.10.2025
Toshkentda tezkor xodimga 10 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:28 / 27.08.2025
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
11:09 / 07.08.2025