Jamiyat | 20:05 / 17.07.2017
13620
1 daqiqa o‘qiladi

Bektemirda fohishaxona saqlash aniqlandi

2017 yilning 13 iyul kuni taxminan soat 21:00larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Vitaliy Kim Bektemir tumani, Suvsoz dahasi, 51-uy, 158-xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqaro «Sh» va «O» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid