Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari muborak haj safariga taraddud ko‘rishmoqda

Ma'lumki, bu yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida 9 may — Xotira va Qadrlash kuni o‘zgacha ruhda, mamlakatda ro‘y berayotgan yangilanishlar va o‘zgarishlarga hamohang tarzda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi.
Jumladan, Farmonga asosan, 2017 yil 1 maygacha O‘zbekistondagi 1615 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga ikki million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari to‘liq va tantanali bayramona vaziyatda topshirildi.
Prezidentning “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida 14 nafar ehtiyojmand Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga yangi zamonaviy uy-joylar tufha etildi. Urush faxriylari istiqomat qiladigan 172 ta uy-joy to‘liq qayta ta'mirlandi.
Bundan tashqari, 346 nafar urush faxriysiga 3 mlrd. 894 mln. so‘mlik ijtimoiy himoya va moddiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ehtiyojmand urush qatnashchilariga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi, qo‘ltiqtayoq, dori-darmon vositalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari yetkazib berildi.
O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining muborak Haj ziyoratiga borish bo‘yicha bildirgan istaklari hamda “Nuroniy” jamg‘armasining taklifi inobatga olinib, ilgari Haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo‘lmagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Prezident tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan bo‘ldi.
Shu asosda “Nuroniy” jamg‘armasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, mahalliy hokimliklar hamda boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining ro‘yxati shakllantirildi hamda ularning barchasi o‘rnatilgan tartibda to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
“Nuroniy” jamg‘armasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ayni kunlarda 73 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Haj safariga borish taraddudini ko‘rmoqda. Ular Prezidentning xalq manfaati yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlari hamda nuroniy-faxriylarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e'tibor va g‘amxo‘rliklari uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, doimo duoda ekanligini izhor etmoqda.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
Jahon | 13:56
-
O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzod bo‘ldi
O‘zbekiston | 13:38
-
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
Jahon | 13:37
-
Istanbul muzokaralari: nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi

14:36 / 09.05.2025
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi

14:22 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?

14:07 / 09.05.2025