Jamiyat | 20:03 / 17.07.2017
4665
2 daqiqa o‘qiladi

“Navoiy” EIZda 2 yil ichida 250 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

Foto: O‘zA

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat boshlagan tadbirkorlik sub'yektlariga guvohnomalar topshirish marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Prezident joriy yil mart oyida Navoiy viloyatiga tashrifi davomida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi, yechimini kutayotgan muammolar xususida fikr bildirdi, zarur ko‘rsatmalar berdi. Tadbirda o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi. 

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit samarasida Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Singapur, Rossiya davlatlari bilan hamkorlikda 18 korxona faoliyat yuritmoqda. Kiritilgan investitsiyalar hajmi qariyb 124 million dollarni tashkil etib, 900 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan. Mavjud korxonalarda 100 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, eksportga yo‘naltirilmoqda. Hudud “Navoiy” xalqaro aeroporti negizidagi logistika markaziga yaqin joylashgani xorijiy sarmoyadorlar uchun qo‘shimcha qulaylikdir. 

– Hududda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit samarasida 2017-2019 yillarda 251,4 million dollarga teng 39 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan, – deydi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori A.Fayziyev. – Qonunchiligimizda belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, bojxona imtiyozlari sarmoyadorlarda katta kiziqish uyg‘otmoqda. Jalb etiladigan investitsiyalar hajmiga qarab imtiyozli soliq stavkalarining joriy etilgani tadbirkorlarga huquqiy va iqtisodiy ko‘makdir. Shisha idishlar, svetodiod yoritish uskunalari, qurilish materiallari kabi istiqbolli loyihalar ham ushbu qulaylik samarasida amaliyotga joriy etiladi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid