Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Oliy sudi "Iyegova shohidlari"ni yopish qarorini ma'qulladi
Rossiya Oliy sudining apellyatsiya kollegiyasi "Iyegova shohidlari"ni ekstremistik tashkilot sifatida tan olish, uning mamlakat hududidagi faoliyatini taqiqlab, yo‘q qilish to‘g‘risidagi sud qarorini ma'qulladi.
Shunday qilib, tashkilot arizasi rad etildi.
"RF Oliy sudining 20 apreldagi qarori o‘zgarishlarsiz qoldirilsin, apellyatsiya murojaati - qanoatlantirilmasin", - degan apellyatsiya kollegiyasi raisi. Shu bilan Sud qarori kuchga kirdi.
"Iyegova shohidlari" himoyasi Oliy sud qarori ustidan yana murojaat qilishni rejalashtirmoqda. "Nuqta qo‘yilgani yo‘q. Chunki Oliy sud nafaqat Rossiya qonunchiligini, balki xalqaro huquq me'yorlarini ham buzdi. Biz bu qaror ustidan Yevropa Inson huquqlari kengashiga murojaat qilamiz", - degan advokat Viktor Jyenkov.
20 aprel kuni RF Oliy sudi "Iyegova shohidlari" tashkilotini ekstremistik tashkilot deb topgan, uning Rossiya hududidagi barcha 395 bo‘limini yopib, ularning faoliyatini taqiqlagan edi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026