Jamiyat | 22:15 / 18.07.2017
7487
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 106 yoshli shifokor hayotdan ko‘z yumdi

Foto:kurumefan.com

Yaponiyalik shifokor Sigeaki Xinoxara hayotdan ko‘z yumdi. U mamlakatning yuz yoshdan keyin ham mehnat faoliyatini davom ettirgan va faol uzoq umr ko‘rish timsoliga aylangan fuqarosi edi. Xinoxara 106 yoshida Tokioda hayot bilan vidolashdi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.

Xinoxara Avliyo Luk nomidagi xalqaro klinikaning bosh shifokori, direktorlar kengashi raisi va faxriy bosh shifokori edi. U 90 yoshida «To‘g‘ri yashash» nomli essesidan so‘ng tanildi. Bu asar 1,2 million nusxadan ortiq miqdorda nashr etildi. U sog‘lom turmush tarzi, hayotga ijobiy qarash va uzoq umr ko‘rish bir-biri bilan bog‘liq ekanini isbotladi. 

Xinoxara 88 yoshida myuzikl uchun ssenariy yozib, unda qahramonlardan birini ijro etdi. 90 yoshida o‘z orzusini amalga oshirib orkestrga dirijyorlik qildi. U shifoxonadagi bemorlar uchun ham musiqa kechalari tashkil etib turar edi, deb yozadi telekompaniya. 

Shifokor 105 yoshlik yubileyida tantanali ravishda nishonlab, mehmonlar bilan Tayvanga sayohat qilgan.
 
Sigeaki Xinoxara 18 iyul kuni ertalab nafas organlari yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid