Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG Q8 smartfonini ishlab chiqardi
LG kompaniyasi Q8 smartfonini — V20’ning kichraytirilgan namunasini ishlab chiqardi. U qo‘sh kameraga ega, Snapdragon 820 protsessori va qo‘shimcha displey bilan ta'minlangan. Bu haqda GSMArena portali xabar bermoqda.
Qurilma IP67standarti bo‘yicha himoyalangan metall korpusga, tovush sifatini yaxshilovchi Quad DAC chipiga ega, protsessori esa yuqorida aytib o‘tilganidek, Snapdragon 820. LG Q8 akkumulyatorining sig‘imi — 3000 mA/soat. Yangi telefon Android 7.0 Nougat boshqaruvi ostida ishlaydi. LG Q8 ning sotuvi shu oyda boshlanadi.
Smartfon 2 ta asosiy kameraga ega bo‘ldi: birinchisi — 13 MP kengburchakli linza (135°/10mm, f/2.4) ga ega, ikkinchisi — 8 MP. Asosiy kamera 4K (2160p) sifatda video suratga olishi mumkin. Frontal kamera 5 MP zichlikka ega va Full HD video suratga olishi mumkin.
Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
00:15 / 04.01.2026
Xiaomi ayrim smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
02:44 / 28.12.2025
Honor ventilyatorli va ulkan batareyali smartfonlarini taqdim etdi
15:29 / 24.12.2025