Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin, Merkel, Makron va Poroshenko Donbassdagi vaziyatni muhokama qildi
“Normand to‘rtligi” davlatlari yetakchilari – RF prezidenti Vladimir Putin, GFR kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko telefon orqali muloqotda kelajakdagi aloqalar haqida kelishib olishdi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
"Bo‘lajak aloqalar, jumladan, oliy darajadagi aloqalar haqida shartli ravishda kelishib olindi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, davlat yetakchilari Ukraina janubi-sharqidagi vaziyat bo‘yicha fikr almashishgan.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putinning GFR federal kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan “normand to‘rtligi” shaklida telefon muloqoti o‘tkazdi. YeXHTning maxsus monitoring missiyasi rahbari Erto‘g‘rul Apakan va uning o‘rinbosari Aleksandr Xugning bu boradagi hisoboti eshitildi", - deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, shundan so‘ng yetakchilar “Ukraina janubi-sharqidagi vaziyat bo‘yicha fikrlashgan”.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026