11:09 / 26.07.2017
15027

«Manchester Siti» Mbappe uchun rekord miqdordagi rasmiy taklif bilan chiqdi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish maqsadida rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda Goal.com internet-nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «Siti» vakillari futbolchi uchun salkam 143 million funt sterling (160 mln. yevro) taklif qilishgan. So‘nggi 24 soat mobaynida jamoa aynan mana shu transfer bo‘yicha muzokaralarga jiddiy kirishgan va endilikda klub vitse-prezidenti Vadim Vasilevning javobini kutishmoqda.

Xosep Gvardiola hujumchi bilan shaxsan o‘zi gaplashib olgan va uni «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga urinib ko‘rgan.

«Manchester Siti» shuningdek, Mbappe uchun asosiy da'vogar bo‘lib turgan «Real»ning moliyaviy imkoniyati uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishga yetmasligidan umid qilmoqda. Oldinroq tarqalgan xabarga ko‘ra, «Real» Mbappeni sotib olish uchun kamida Garet Beylni boshqa jamoaga sotishi kerak bo‘ladi.

Top