Ukrainaning «Vesti» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan.

Nashr Radikal partiyadan deputat Igor Mosiychukning Facebook’dagi xabariga asoslangan.

«Menga tasdiqlashdi: bu rost – gruziyalik Yanukovich Mixo Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilishgan, hamda bu prezident Pyotr Poroshenko nihoyat o‘z xatolarini tan olishni boshlaganidan darak beradi», - deyiladi deputatning xabarida.

«Vesti» ma'lumotiga ko‘ra, Saakashvili fuqarolikdan mahrum etilgani haqida birinchi bo‘lib Ukraina xavfsizlik kengashi sobiq matbuot kotibi va IIV rahbari Arsen Avakovning sobiq maslahatchisi Stanislav Rechinskiy xabar tarqatgan.