O‘zbekiston | 21:10 / 26.07.2017
7466
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan harbiy sohadagi qo‘shma dasturlar haqida gaplashdi

Foto: O‘zA

Bugun O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli O‘zA muxbiriga intervyu berdi

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, o‘zaro munosabatlarimizni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Bu uchrashuv bizni mamnun etdi. 

O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati mustahkam, yuqori salohiyat va boy tajribaga ega. Biroq munosabatlarimizning hozirgi holatini mavjud imkoniyatlarimiz darajasida, deb bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash, amaliy hamkorligimizni yanada rivojlantirish, harbiy ta'lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdik. 

O‘zaro manfaatli hamkorligimiz yangi bosqichda izchil davom etayotganidan mamnunmiz», degan turkiyalik vazir.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid