Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada O‘zbekistonning Karimova ishi bo‘yicha so‘rovi o‘rganilmoqda
Shveytsariya bosh prokuraturasi O‘zbekiston hukumatining Gulnora Karimovaning ishi bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi yangi so‘rovini o‘rganmoqda. Bu haqda RIA Novosti bosh prokuror matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
"Biz shuni tasdiqlashimiz mumkinki, bosh prokuratura O‘zbekistonning o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovini oldi, u ayni damda o‘rganilmoqda", - deya aytib o‘tgan mahkama vakili.
Bosh prokuraturadan ta'kidlanishicha, Shveytsariyada korrupsiya jinoyatlari natijasida pul yuvishda gumon qilish bo‘yicha jinoiy ish 2012 yilda olti kishiga nisbatan ochilgan, ularning ichida Karimova ham bor.
"Ayni paytda bosh prokuratura tomonidan 800 million shveysariya frankidan ortiq summadagi aktivlar xatlangan. Shveytsariyada jinoiy ish ochilganidan beri bosh prokuratura 19 davlat, jumladan, Shvetsiya, Niderlandiya va AQSh bilan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini amalga oshirdi", - deya xabar berishgan bosh prokuraturadan.
Mavzuga oid
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026