Jahon | 23:12 / 28.07.2017
6689
2 daqiqa o‘qiladi

Tarixda ilk marta xalqaro kosmik stansiya ekipajiga olim rahbarlik qiladi

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

28 iyul kuni «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan uchirilgan «Soyuz MS-05» boshqariluvchi kosmik kemasida MKS-52/53 missiyasida MDU bitiruvchisi, biolog Sergey Ryazanskiy rahbarligidagi ekipaj meditsina va fizika sohasida tajribalar o‘tkazish uchun qatnashadi. Bu rus kosmonavtikasi tarixida olim rahbarlik qiladigan ilk parvozdir, deb yozadi RIA Novosti.

«Biz hozir Moskva davlat universiteti bilan qo‘shma dastur ustida ish olib boryapmiz. MDUning ko‘plab unikal ishlanmalari bor. Talabalar va aspirantlarning o‘zida kosmik stansiyalar va apparatlar bortida ilmiy tajribalar o‘tkazish imkoni paydo bo‘lgani juda ajoyib», — dedi Sergey Ryazanskiy.

XKS bortida MDU rektori, akademik Viktor Sadovnichiy rahbarligidagi ilmiy jamoa ishlab chiqqan «Vektor-MBI-1» tajribasi qo‘yiladi.

«Tajribadan maqsad — harakatlanishning kosmik kasalligi (chayqalish)ning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash uchun vestibulyar stimulyatsiya xususiyatlarini vaznsizlik holatida sinab ko‘rish» — degan MDU rektori Viktor Sadovnichiy. 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid