Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi
Shveytsariyaning Vale kantonida uzunligi deyarli 500 metr keladigan piyodalar uchun mo‘ljallangan osma ko‘prik ochildi. Bu ko‘prik dunyo rekordini yangilab, dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigiga aylandi, deb yozmoqda 20 Minuten portali.
Ko‘prik qurilishi homiylaridan biri sharafiga Charlz Kuonen deb nomlangan ko‘prik yer sirtidan 80 metr balandlikdan o‘tib, Grexen va Tsermatt aholi punktlarini bog‘laydi. Uning uzunligi 494 metrni, eni esa 65 sm ni tashkil qiladi.

Ma'lum qilinishicha, ko‘prik qurilishiga 730 ming shveysar franki (750 ming dollar) sarflangan. Ko‘prikdan piyodalar 29 iyuldan foydalana boshlaganlar.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026