10:01 / 01.08.2017
6324

Amerikalik aktyor va ssenariynavis Sem Shepard vafot etdi

Amerikalik aktyor, ssenariynavis, kinorejissyor va dramaturg Sem Shepard 74 yoshida AQShda hayot bilan vidolashdi, deb yozmoqda The New York Times.

31 iyul kuni oila vakilining xabar qilishicha, artist 27 iyulda Kentukkidagi uyida xastalik tufayli olamdan o‘tgan. 

Shepard 1979 yili Buried Child pesasi uchun "Pulittser" mukofotini qo‘la kiritgan edi. 1984 yili "Yigitlar sizga nima kerak?" filmidagi roli uchun "Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli" nominatsiyasida "Oskar" mukofotiga ilgari surilgan. Bundan tashqari, uning nomzodi BAFTA (1985), "Emmi" (1999) va "Oltin globus" (2000) mukofotlari uchun taqdim etilgan.

Shepard bir necha o‘nlab pesalar muallifidir. 

Top