Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik universitetda 124 nafar abituriyent imtihonga kiritilmadi
Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlardan 217 nafari 1 avgust kungi test imtihonlarida qatnashmadi. Bu haqda universitet rektori, yuridik fanlari nomzodi Yesemurat Kanyazov Kun.uz muxbiriga ma'lumot bergan.
Ma'lum qilinishicha, imtihon kuni 163 nafar abituriyent yonida telefon, shpargalka va boshqa vositalarni olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Ulardan 39 nafari o‘z ixtiyori bilan vositalarni topshirgan, ularga dalolatnoma tuzilib, ular imtihonga kiritilgan.
124 nafar abituriyent esa tekshiruv vaqtida fosh bo‘lgani uchun ular darhol imtihonlardan chetlatilgan.
Ma'lumot uchun, bu yil Toshkent davlat yuridik universitetida 600ta qabul kvotasi belgilangan, qabul jarayonida 6 123 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Imtihonlar «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasining 4ta paviloni va ikkita auditoriyasida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayoni onlayn translyatsiya qilindi.
Qayd etish kerakki, o‘tgan oy davomida ushbu universitetda 1 avgust kuni telefon yoki boshqa vositalar olib kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar test imtihonlariga qo‘yilmasligi haqida ommaviy axborot kampaniyasi olib borilgandi.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025