Neymar «PSJ» bilan tuzadigan shartnoma shartlari aniq bo‘ldi

«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ» bilan tuzadigan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, parijliklar Braziliya terma jamoasi futbolchisi bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzadi. Neymarning oyligi barcha soliqlarni chiqarib tashlaganda 575 ming yevrodan biroz ko‘proq (roppa rosa 30 million yevro yillik) bo‘ladi.
Umuman olganda Neymarning «Pari Sen-Jyermen»ga o‘tishi uchun jamoa jami bo‘lib 500 million yevro mablag‘ sarflaydi. Bu summa futbolchining tovon puli, soliqlar, uning oyligi, agentlar uchun to‘lanadigan bonuslar va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
Braziliyalik futbolchi mavsumoldi tayyorgarligidan biroz oldinroq «Barselona»ni tark etishga qaror qilib qo‘ygandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «PSJ» futbolchi uchun to‘lanadigan 222 million yevro tovon pulini moliyaviy feyr-pleyni chetlab o‘tish maqsadida klub xo‘jayiniga tegishli Qatardagi fond orqali to‘lashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, qatarliklar Neymarni JCh-2022 elchisi qilib, unga o‘z shartnomasini sotib olishi uchun katta pul berishi mumkinligi ham oshkor bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
Jahon | 19:20
-
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
Jahon | 18:08
-
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Jahon | 17:43
-
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi
Jahon | 17:15
Mavzuga oid

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi

12:27 / 04.05.2025