Keyingi yildan san'at va ijod bilan boğliq yönalişlardagi oliygohlarga kiriş imtihonlarida test sinovlari ötkazilmaydi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uçraşuvida ma'lum qilgan.

Videoselektorda qatnaşgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, prezident bunday oliygohlarda faqat ijodiy imtihon bölişini ma'lum qilgan. Bundan maqsad haqiqiy iqtidorlilar qolib, testda ona-tili yoki matematika fani savollarini yeçib öqişga kiriş holatlari oldini oliş hisoblanadi.

«Özbekiston davlat konservatoriyasi, Madaniyat instituti va Dizayn institutida kiriş imtihonlarida test topşiriş - xiyonat. Ular qöşiq aytişni bilsa, çizişni bilsa, talanti bölsa, iqtidori bölsa, test topşirişlariga yöl qöymaslik kerak», — degan prezident.