Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung yangi “yig‘iluvchi” smartfonni rasman namoyish etdi
Samsung kompaniyasi Android tizimidagi SM-G9298 smartfonini rasman namoyish etdi. Unga Leader 8 nomi berilgan bo‘lib, eng asosiy o‘ziga xos jihati – yig‘iluvchi shaklga ega ekanidadir.
Qurilmaning korpusi aviatsion alyuminiyli qotishmadan tayyorlangan. Shuningdek, smartfon Bluetooth 4.1, Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, NFC chipi, GPS/GLONASS/Beidou/Galileo resiverlari hamda barmoq izlari skaneri bilan jihozlandi. Ilovalarni tez ochish uchun ko‘p funksional klavish ham bor.

SM-G9298’ning o‘ziga xos jihatlari:
• Displey: ikkita 4.2-dyuymli Super AMOLED 1080p ekran – bittasi oldinda va ikkinchisi orqada
• Chip: Qualcomm Snapdragon 821 + GPU Adreno 530
• Xotira: operativ — 4 Gb, saqlash uchun 64 + microSD 256 Gb.gacha
• Asosiy kamera: ikkitalik, 12 megapiksel f1.7 diafragmali
• Frontal kamera: 5 megapiksel f1.9 diafragmali
• Akkumulyator: 2,300 mAs
• Tizim: Android 6.0 Marshmallow
• Hajmi: 130.2 mm x 62.6 mm x 15.9 mm

Samsung SM-G9298 smartfoni qator avvaldan o‘rnatilgan ilovalar bilan taqdim etilmoqda. Ular orasida - Samsung Pay, Secure Folder, S Voice kabilar bor. Smartfonda Bixby ovoz assistenti bo‘lmaydi. Qurilmaning narxi va bozorga aniq qachon chiqishi noma'lum.

Mavzuga oid
11:25 / 14.01.2026
2025 yilda sotilgan har 5 smartfonning bittasi iPhone bo‘ldi
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
15:00 / 06.01.2026
Samsung CES 2026 ko‘rgazmasida: kelajak uyi, AI-texnologiyalar va sovrinli o‘yin
00:15 / 04.01.2026