Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy va Shimoliy Koreya yangi muzokaralarni boshlash arafasida turibdi
Foto: Reuters
Janubiy Koreya rasmiylari shu hafta mintaqaviy uchrashuv davomida shimolliklar bilan muzokaralarni o‘tkazishi mumkinligini bildirdi. Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kang Kung Va, imkon tug‘ildi, deguncha Pxenyandagi hamkasbi bilan suhbatlashib olishini ta'kidlagan, deb yozadiYonghap nashri.
BMT Xavfsizlik Kengashi ham shanba kuni Shimoliy Koreyaga nisbatan yangilangan sanksiyalarni e'lon qilishi kutilmoqda. Bu shimoldagilarning yangi qurollarni sinab ko‘rishiga javob, deya ta'riflanmoqda. Shu hafta Manila shahrida o‘tkaziladigan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarining (ASEAN) navbatdagi yig‘ilishida AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ham ishtirok etishi rejalashtirilgan, asosiy masala Shimoliy Koreyaning yangi qurollarni sinovdan o‘tkazishi bo‘ladi.
Ayni paytda Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh vakillari tomonidan yangi BMT sanksiyalarining loyihasi ishlab chiqilgan. Eslatib o‘tamiz, rasmiy Pxenyan iyul oyining o‘zida ikki marotaba qit'alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026